Jamiyat
Joriy yildan boshlab Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari zarurat tugʻilganda oʻqotar tabel quroliga muqobil tarzda elektroshok qurilmalaridan foydalanishlari mumkin. Meʼyoriy hujjatlarga muvofiq Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida ushbu uskunalar bilan taʼminlandilar, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Elektroshok qurilmalar huquq-tartibot himoyachilarining faol himoya vositasi boʻlib, turli huquqbuzarliklar sodir etgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining qonuniy talablariga boʻysunmagan yoki unga faol qarshilik koʻrsatgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “Qurol toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq maxsus vositalar, shu jumladan elektroshok qurilmalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.
Vazirlar Mahkamasining «Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim boʻlgan normalarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori va ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi asosida aksariyat xodimlar bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi va sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q