Fargʻonalik fuqaro koronavirusga qarshi emlanganlar uchun tashkil qilingan oʻyinda “Malibu” yutib oldi

Saqlash
14:24 / 01.02.2022 998 0

ZoʼrTV telekanalida Oʻzbekiston boʻylab koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar oʻrtasida “Vaksina – toʻgʻri tanlov” yutuqli oʻyini tashkil qilindi. Unga koʻra, har hafta 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet oʻynaladi.

 

Yutuqli oʻyinlar har hafta shanba kuni 20:30 da ZoʼrTV kanalida efirga uzatiladi. Har oyning soʻnggi shanba kunida esa super-yutuq – “Malibu” avtomobili oʻynaladi.

 

Xususan, oʻtgan shanba kuni ZoʼrTV kanalida ilk gʻolib aniqlandi – Fargʻonaning Furqat tumanidan Esonaliyev Bahodirjon Xaliljon oʻgʻli “Malibu” egasiga aylandi.

 

Eslatib oʻtamiz, 15-yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanishadi, qoʻshimcha ravishda biror joydan roʻyxatdan oʻtish shart emas. Vaksina turining farqi yoʻq, istalganini olsa hisob. Qaysi dozaligini ham farqi yoʻq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//