Tibbiyot muassasalarida ayrim turdagi hujjatlar qisqartirildi

Saqlash
18:59 / 01.02.2022 1045 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish vaqti turli jurnal va hisobotlarni toʻldirish bilan bogʻliq ortiqcha jarayonlarga sarflanadi.

 

Masalan, tibbiyot xodimlarining jarohat holatlarini qayd qilish jurnali»ga noxush vaziyatlar yuz bermasa, oylab, hatto yillab ehtiyoj boʻlmasligi mumkin. Lekin hamshira ana shu hujjat turiga har kuni “Bugun koʻngilsiz holatlar sodir boʻlmadi” degan mazmundagi qaydlarni kiritib borishi shart boʻlgan.

 

Shuningdek, oilaviy poliklinikaning muolaja hamshirasi har bir bemorga “ukol” qilgach, buni bir nechta blankalar, hatto maxsus jurnalga ham “falon dona shpris, falon gramm spirt, falon gramm paxta ishlatildi” degan maʼlumotlar bilan yozib borishi lozim edi. Bu esa boshqa bemorlarning uzoq kutishiga olib kelgan.

 

«Ana shunday noxush holatlarga chek qoʻyish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi qabul qilindi. Unga koʻra, shu yil 1-fevraldan koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida yuritiladigan 26 turdagi tibbiy hisob jurnallaridan 14 tasi qoldirildi. Qolgan 14 tasidan 10 tasi soddalashtirildi. 33 turdagi tibbiy karta va blankalar esa 14 tagacha qisqartirildi.

 

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan tibbiy hisob hujjat shakllaridan foydalanish qatʼiyan man etildi», deyiladi xabarda

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//