Jamiyat
Bugun ertalabki soat 06:23da Fargʻona viloyatidagi Quva savdo kompleksida yongʻin kelib chiqqan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin natijasida taxminan 25 ta kiyim-kechak doʻkonining tomi, shifti va ichki qismi yonib ketgan.
«Yongʻin oʻchirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da yetib borib, yongʻin 07:10da qurshab olinib, 07:37da oʻchirildi. Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi» deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q