Jamiyat
Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit aks etgan videolavha yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati qoʻshimcha maʼlumot berdi. Voqea Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilgan. Taʼkidlanishicha, Oʻ.A sport bilan shugʻullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit TikTokchi yoki tarmoq faoli emas.
Qayd etilishicha, voqea 2022-yilning 24-yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qoʻshchinor mahallasida sodir boʻlgan. 2007-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan Oʻ.A. mahalladoshi B.Hamidov koʻchasida kelayotgan 1968-yilda tugʻilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.
Holatni Oʻ.A.ning tanishi 2006-yilda tugʻilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Holat yuzasidan voyaga yetmagan Oʻ.A.ning ota-onasiga nisbatan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, boʻlib oʻtgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etilgan.
“Hozirda Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi toʻgʻrisida yana maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q