Siyosat
Yigʻilish davomida Prezident maktablardagi taʼlim sifati va mazmuniga ham keskin baho berdi. Xususan, foydalanib kelinayotgan taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, bir soʻz bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga oʻrgatmayotgani qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi oʻrta maxsus maʼlumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yoʻq.
“Bu pedagoglarning dars oʻtish mahorati yetarli emas. Ular oʻquvchilarga faqatgina oʻzi «chala bilgan” narsalarni oʻrgata oladi, xolos. Sababi, oʻqituvchilarning oʻzining ustida mustaqil ishlash va ragʻbatlantirishning samarali tizimi yaratilmagan. Oʻqituvchi sifatli dars oʻtishga emas, “koʻproq soat olish”ga intiladi», deydi Prezident.
Shuningdek, yigʻilishda maktablarda hanuzgacha 200 dan ortiq hisobot mavjud, oʻqitish, tadbirlar oʻtkazish kabi barcha jarayonlar “haddan tashqari qolipga solingan”ini taʼkidlangan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109960
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73397
Jamiyat
//
Izoh yo‘q