Jamiyat
O‘zbekistonda 2025-yilning 9 oyida soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 24,1 milliard so‘m mukofot to‘landi.
Soliq qo‘mitasining xabar qilishicha, yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 82 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan. Ya’ni 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 82 857 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
74 970 tasi xarid cheki bermaslik;
3 001 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
184 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
4 702 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 41 702 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan. Ushbu murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 98,8 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat bo‘yicha undirilgan jarima summasidan 20 foiz — 24,1 milliard so‘m mukofot to‘langan.
Eng ko‘p mukofot puli Toshkent shahridan kelib tushgan murojaatchilarga berilgan — 6 milliard 20 million ming so‘m. Eng kami esa murojaatlar soni ham kam bo‘lgan Jizzax viloyati aholisiga to‘langan — 733,5 million so‘m.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111041
Jamiyat
94511
Jamiyat
90452
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q