Jamiyat
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda tegishli tashkilotlar vakillari, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga masʼullar, olimlar, ziyolilar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
.jpg)
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani maʼlum qilindi.
.jpg)
Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova idoralararo ushbu hamkorlikning oilalar mustahkamligi va mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyatini alohida taʼkidlab, masʼullar va keng jamoatchilik oldida turgan asosiy vazifalar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi: “Bugungi chora-tadbirlar orqali biz xalqimizning farovon turmush tarzini taʼminlash, qadriyatlarimizni asrash va sogʻlom, bilimli, maʼrifatli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladigan tizimni birgalikda yaratmoqdamiz”.

Taʼkidlash kerakki, mazkur tashabbus jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni mustahkamlash, ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish va milliy qadriyatlarimizga asoslangan meʼyoriy hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Ushbu dasturning bosh maqsadi – toʻy va maʼrakalarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda, ortiqcha dabdabadan holi holda oʻtkazishni odatga aylantirishdir. Shu bilan birga, oilalarning qarzdorlikka botishiga yoʻl qoʻymaslik; yoshlarni moliyaviy savodxonlikka oʻrgatish, toʻy-maʼrakalarni ixcham, samimiy va mazmunli oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda “Ixchamlik bu – madaniyat” gʻoyasini keng targʻib etish maqsad qilib olingan”, — dedi Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev.

Dastur mazmuniga toʻxtalarkan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ortiqcha sarf-xarajat yurtdoshlarimizda nafaqat moliyaviy, balki ruhiy bosim ham keltirib chiqarishiga va turli muammolarni keltirib chiqarishiga eʼtibor qaratdi.
“Ayrim oilalarda yillar davomida katta mashaqqatlar bilan toʻplangan mablagʻni “nom chiqarish”, “obroʻ qozonish” maqsadida bir kunda ortiqcha marosimlar, dabdabali toʻylarga sarflab yuborish holatlari keskin ortyapti. Yana bir xavotirli holat, kreditni zarurat uchun emas, balki obroʻ yoki “odamlardan qolmaslik” uchun olish holatlari odatiy holga aylanib qolgan. Natijada yosh oilalar hayotining ilk yillarini qarz bilan boshlaydi. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy bosim boʻlib, koʻpincha oilaviy nizolar, erta ajrimlar va boshqa koʻngilsiz holatlarga olib kelmoqda”, — dedi Otabek Hasanov.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, dastur doirasidagi ishlar uch yo‘nalishda: tashkiliy, an’anaviy va raqamli targ‘ibot yo‘nalishlarida olib boriladi. Xususan, fuqarolar orasida me’yorni saqlash, isrofgarchilikdan tiyilish, shukronalik va bag‘rikenglik fazilatlarini targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.
“Alloh isrof qiluvchilarni yomon ko‘radi. Shu bois hammamiz birlashib, bu kabi holatlarni oldini olishimiz zarur. Bu borada birinchi navbatda albatta o‘zimiz namuna bo‘lsak, bu illatlarni bartaraf eta olamiz”, dedi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar mavzu haqda fikr bildirarkan.
.jpg)
Tadbir yakunida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturi imzolandi. Unga koʻra, targʻibot ishlarida dolzarb 90 kunlik belgilandi hamda birlashib, qusurlarga qarshi maʼrifat bilan kurashishga kelishib olindi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109630
Jamiyat
94024
Jamiyat
89783
Jamiyat
72943
Jamiyat
//
Izoh yo‘q