Jamiyat
O‘zbekistonda endi nodavlat notijorat tashkilotlari chakana savdoda nazorat xaridi va “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining “Raqobatni ta’minlashga ko‘maklashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini amalga oshirish tartiblari belgilandi. Bu orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarida qonun talablariga rioya etilishini NNTlar tomonidan xolis baholash tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, endilikda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan hamda tajriba davrida nodavlat tashkilotlar ishtirokida nazorat xaridi tadbirlari amalga oshiriladi. Nazorat xaridi va “sirli mijoz” tadbirlari qonuniylik, xolislik va maxfiylik prinsiplariga asosan o‘tkaziladi. Bu tadbirlar bo‘yicha reja qo‘mita tomonidan ishlab chiqilib, rasmiy tarzda tasdiqlanadi. Har bir tadbir bo‘yicha mas’ullar, joy, muddat, tekshiriladigan majburiy talablar va foto-video qayd etish tartibi buyruq bilan belgilanadi.
Nazorat xaridi jarayonida olingan namuna va ma’lumotlar tegishli laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi. Agar tovar yoki xizmat qonun talablariga mos kelmasa, tegishli vakolatli organlarga yuboriladi va jamoatchilikka axborot beriladi. Birinchi marta qonunbuzarlik aniqlansa, tushuntirish va yordam choralari ko‘riladi, takroriy hollarda esa tekshiruv belgilanadi.
Nodavlat tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirlarni amalga oshiradi, qo‘mita esa ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik yordam ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, qaror orqali sog‘liqni saqlash sohasida “sirli mijoz” usuli bilan tibbiyot va dorixona xizmatlari sifatini baholash hamda chakana savdoda nazorat xaridi jarayonlarini qonun doirasida yo‘lga qo‘yish uchun aniq huquqiy asos yaratildi.
Qarorga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida mas’ul organlar belgilandi:
raqobatni rivojlantirish sohasida – Raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida – Raqobat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Ushbu mas’ul organlar har yili kamida bir marotaba nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘zlariga biriktirilgan sohalarda tahlillar o‘tkazish, muammolarni o‘rganish va o‘z vakolatlari doirasida boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmalari beradi.
Qo‘mita xabarida ta’kidlanishicha, joriy etilgan tartiblar xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarida adolatli raqobat muhitini shakllantirishga bilan birga NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, iste’molchilar huquqlari hamda xizmat ko‘rsatish sifati monitoringi uchun samarali instrumentlarni taqdim etishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109629
Jamiyat
94023
Jamiyat
89782
Jamiyat
72942
Jamiyat
//
Izoh yo‘q