Jamiyat
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi zavodlardan birida respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan narkotik moddalarning navbatdagi turkumi yo‘q qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil – qo‘shni Afg‘onistonning hanuzgacha giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda yetishtirilishi, dunyoning turli mintaqalariga O‘zbekiston hududi orqali eksport qilinishidir. Tahlillarga ko‘ra, bu yerda o‘tgan yilda 224 ming gektar maydonlarda 6,3 ming tonna opiy yetishtirilgan.
O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko‘paygan.
Ta’kidlanishicha, 2020-yilda 28,4 kg geroin, 124,1 kg. opiy, 127,3 kg. gashish moyi, 323,9 kg. ko‘knor, 692,8 kg. marixuana, 223,9 kg. gashish va boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan.
Bugun Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX hamda qator tegishli idoralar nazorati ostida jami 1 tonna 350 kg ga yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q