2026-yildan yaroqlilik muddati oʻtgan tovar savdosi avtomatik cheklanadi

Saqlash
15:36 / 08.10.2025 34 0

2025-yil 6-oktyabr kuni “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat asosida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

 

2025-yil 15-oktyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

 

Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//