Siyosat
Ayni vaqtda Prezident raisligidagi videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Davlatimiz rahbari xalqimiz bugungi keng koʻlamli oʻzgarishlarga katta ishonch bilan qarab, tezroq ularning samarasini koʻrishni istayotganini taʼkidladi.
«Albatta, inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini taʼminlashni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, sifatli taʼlim, ijtimoiy himoya tizimi, sogʻlom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz.
Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma boʻlgan mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi boʻgʻiniga aylantirish vazifasini oʻz oldimizga qoʻymoqdamiz.
Muxtasar aytganda, mahalla tinch boʻlsa, yurt tinch boʻladi. Mahalla obod boʻlsa, butun mamlakat obod boʻladi», dedi Prezident.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q