Jamiyat
Namanganda xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi boʻlgan bank bosh yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021-yilda olgan 16,2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlay olmagan. Shu sababli xodim garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga choʻzib turish, keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult klinika rahbaridan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Axborot matnida Xavfsizlik xizmati kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan fuqarolarni DXXning 1520 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishga chaqirgan va murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishini maʼlum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112199
Jamiyat
94878
Jamiyat
90962
Jamiyat
75744
Jamiyat
//
Izoh yo‘q