Jamiyat
Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan noyob pushti saqoqqushni ovlab, iste’mol qilgan fuqarolar aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani fuqarosi tanishlari bilan Termiz tumanidagi Uchko‘l massiviga borgan vaqtida ikki bosh noyob qush ovlanib, iste’mol qilinganiga guvoh bo‘lganini aytgan.
Taqdim etilgan foto va videolarda bir necha fuqaroning jonsiz pushti saqoqqush bilan tushgani aks etgan. Tekshiruv jarayonida ular bu holatni “shunchaki qiziqish” bilan izohlagan. Ekopolitsiya tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda ushbu fuqarolar ovchilik bilan shug‘ullanib kelgani va ularda ov qurollari mavjudligi aniqlangan. Qurollar vaqtincha saqlash uchun ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib qo‘yilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan noyob qushning tabiatdan noqonuniy ajratib olinishi oqibatida hayvonot dunyosiga 206 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
112498
Jamiyat
95162
Jamiyat
91552
Jamiyat
76107
Jamiyat
//
Izoh yo‘q