Jamiyat
Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi va charter reysi orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, deportatsiya jarayoni doirasida fuqarolarni identifikatsiya qilish, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xavfsiz tashish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalar qisqa muddatda hal qilingan.
Charter reysi orqali yurtga qaytarilgan fuqarolar Toshkentda tegishli tartibda kutib olindi. Mutasaddilarning bildirishicha, mazkur jarayon ikki davlat o‘rtasida migratsiya sohasidagi amaliy hamkorlikning bir qismi hisoblanadi. O‘zbekiston tomoni xorijda bo‘lib turgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, noqonuniy migratsiya va migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.
So‘nggi yillarda Yevropa davlatlarida migratsiya qoidalarini kuchaytirish va noqonuniy yashash holatlariga qarshi choralar keskinlashtirilgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan xorijda mehnat faoliyati yoki boshqa maqsadlarda bo‘lib turgan fuqarolarga qabul qiluvchi davlat qonunlariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112281
Jamiyat
94959
Jamiyat
91077
Jamiyat
75839
Jamiyat
//
Izoh yo‘q