Tarixiy boyliklarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Saqlash
11:10 / 13.05.2026 36 0

Qoraqalpog‘iston, Andijon va Samarqandda bojxona xodimlari noyob va tarixiy ahamiyatga ega boyliklarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olishdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lumot berilishicha, Nukus xalqaro aeroportida Moskvaga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan biri 1924-1970-yillarda zarb etilgan 2 dona tarixiy tangalar va 1961-yilda chop etilgan banknotalarni yashirincha olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Ushbu reysning yana bir yo‘lovchisiga tegishli yuklari ko‘zdan kechirilganda 1932-1974-yillarga mansub 4 dona tanga hamda qadimda Xitoy va Tailandda zarb etilgan numizmatika ashyolari bojxona nazoratiga taqdim etilmagani fosh bo‘ldi.

 

Tarixiy tangalar va metall buyumlar O'zbekistondan olib chiqilishining oldi olindi

 

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona postida esa qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqarolardan biri ko‘rinishidan qadimiy tusga ega metalldan ishlangan samovar, choynak,  2 dona ko‘za, 2 dona lagan va 3 dona kosani olib chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Mazkur ashyolarning tarixiy-madaniy ahamiyati yuzasidan ekspertiza jarayonlari davom etmoqda.

 

Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgga parvozi oldidan xorijiy yo‘lovchining qo‘l sumkasini ko‘zdan kechirish davomida ushbu shaxs tarixiy qiymatga ega 2 dona qadimiy tanga va XX asr boshlariga mansub bir dona shamchiroqni yashirincha olib chiqishga uringani fosh etildi.  

 

Tarixiy tangalar va metall buyumlar O'zbekistondan olib chiqilishining oldi olindi

 

Hozirda mazkur buyumlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//