Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Allaberganovich Urunov o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
Elyor Xolmatovich Talaboyev O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;
Furkat Zakirovich Jalilov O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;
Orif Aliboyevich Butayev O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95092
Jamiyat
91311
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q