Turkiy dunyo “Silikon vodiysi”ni yaratish taklifi berildi

Saqlash
16:47 / 12.05.2026 41 0

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan Turk dunyosining IV xalqaro muhandislik sammitida Turk dunyosining yagona texnologik makonini yaratish taklifi ilgari surildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) raisi oʻrinbosari, Turkiy davlatlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisi, professor Kurshod Zorlu mazkur taklifni bildirgan nutqida shunday deydi:

 

“Keling, barcha muassasa va tashkilotlarimiz bilan birgalikda Turkiy dunyoning “Silikon vodiysi”ni yaratamiz. Ostonadan Bokugacha, Toshkentdan Istanbulgacha, Budapeshtdan Nikosiyagacha choʻziladigan bu vodiyda Made in Türk dünyası (Turk dunyosida ishlab chiqarilgan) degan yorliq boʻladi”.

 

Tadbirdan soʻng Zorlu jurnalistlarga 15-may kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boʻlib oʻtishi va u “Raqamli rivojlanish va sunʼiy intellekt” mavzuiga bagʻishlanishini maʼlum qildi:

 

“Turk dunyosi iqtisodiyoti va 30 dan ortiq sohalardagi faoliyatini yanada rivojlanishi va yangi bosqichga olib chiqish uchun raqamli sohada integratsiyani kuchaytirish zarur. Ushbu tushuncha asosida Turkiy davlatlar tashkiloti ham bu yoʻnalishdagi ishlarini tezlashtiradi” — deydi Zorlu.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//