Jamiyat
“Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–77-son, 05.05.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Farmonga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida
- Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;
- Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
- Kontent mediamarkazi tashkil etiladi.
Autsorsing asosida:
- aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirishni taʼminlash maqsadida “Call-markaz”;
- aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-sentyabrdan tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar beriladi:
- tibbiy yordam koʻrsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta koʻrib chiqish;
- sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining taklifiga koʻra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini baholashda ishtirok etish;
- tibbiyot xodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish va boshqalar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112276
Jamiyat
94954
Jamiyat
91067
Jamiyat
75834
Jamiyat
//
Izoh yo‘q