Jamiyat
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oʻzbekistonning Qatardagi elchixonasi masʼullari bilan Doha shahrida oʻtkazilgan migratsiyaga oid uchrashuvlar natijasida Qatar Bandlik va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshiriladi. Idoralararo ishchi guruh tashkil etilib, tibbiyot xodimlarini Qatar standartlari asosida tayyorlash boʻyicha maxsus taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi maʼlum qildi.

Uchrashuvda Qatar mehnat vaziri Ali bin Saeed bilan mamlakat mehnat bozorida talab yuqori sohalarni (tibbiyot, turizm, aviatsiya, axborot texnologiyalari) malakaviy talablarini oʻrganish va Oʻzbekistonda maqsadli tayyorlov kurslarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Qatarning davlat bandlik tashkiloti — Jusour rahbari Abdulhadi Barkan bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida Qatarda ishlash istagidagi yoshlar uchun 2026-yil sentyabr oyida Toshkentda 50 dan ortiq ish beruvchilar ishtirokida “Oʻzbekiston — Qatar mehnat forumi” oʻtkaziladi.
“Qatar Airways” vitse-prezidenti Fathi Atti bilan uchrashuvi natijalariga koʻra, joriy may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzod (bort kuzatuvchisi, muhandis, aeroport xodimlari) tanlab olinadi va “Qatar Airways”da yuqori maoshli ishlarga joylashtiriladi.
Muzokaralar davomida kelgusida uchuvchilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik sohalarida 1 600 nafar oliy maʼlumotli mutaxassisni ishga jalb qilish boʻyicha loyihani amalga oshirishga ham kelishildi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112273
Jamiyat
94952
Jamiyat
91065
Jamiyat
75832
Jamiyat
//
Izoh yo‘q