Oʻzbekiston xalq rassomi Isfandiyor Haydarov 77 yoshida vafot etdi

Saqlash
10:06 / 12.05.2026 48 0

Oʻzbekiston xalq rassomi Isfandiyor Haydarov 11-may kuni 77 yoshida vafot etdi. Badiiy akademiya Oyina.uz portaliga ushbu xabarni tasdiqladi.

 

Taniqli rassom 1948-yilning 21-oktyabrida Jizzax viloyati, Zomin tumanida dunyoga kelgan. 1966-70-yillar Toshkngtdagi Benkov nomidagi Badiiy sanʼat bilim yurtida taʼlim olib, 1970-yili Toshkent teatr va sanʼat institutining Badiiy sanʼat fakultetida oʻqiydi. 1979-yildan boshlab Oʻzbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov rahbarligidagi Toshkent ijodiy ustaxonasida faoliyat yuritdi.

 

1979-yili Italiyada ijodiy faoliyati doirasida rassomning shaxsiy koʻrgazmasi namoyish etilib, 1994-yil uning “Oltin kuz” asari Parijdagi mashhur Luvr muzeyi tomonidan xarid qilingan.

 

Musavvirning asarlari Luvr mezeyida, shuningdek, Turkiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Gretsiya, Gollandiya, Rossiya, Ukraina, Meksika, Urugvay, Avstraliya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Avstriya, Yangi Zeandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Qozogʻiston va boshqa koʻplab davlatlarning muzeylari, shaxsiy jamgʻarmalarda saqlab kelinadi.

 

Oʻzbekiston madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Isfandiyor Haydarov ijodi oʻzining tabiiyligi, tasvirning jonliligi, haqqoniyligi, yorqinligi bilan oʻzgacha. Isfandiyor Haydarov umrining soʻngi yillarida ham ijoddan toʻxtamagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//