350 nafar maktabgacha ta'lim mutaxassislari qayta tayyorlandi

Saqlash
19:24 / 23.08.2021 1069 0

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida joriy yilning 18-23-avgust kunlari 350 nafar mutaxassislar uchun qisqa muddatli seminar trening tashkil etildi.

Seminar treningda institut jamoasi tinglovchilarda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablaridagi rivojlanish sohalari va ularning kichik sohalarini tahlil qilish, tarbiyalanuvchilarining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablarida koʻrsatilgan rivojlanish sohalari boʻyicha koʻrsatkichlarini aniqlay olish, oʻquv-tarbiyaviy jarayonda rejalashtirish turlari: yillik mavzuviy va haftalik reja tuza olish, taʼlim jarayonlarini rivojlanish markazlarida oʻyin orqali tashkil eta olish, rivojlanish markazlarida taʼlim-tarbiya jarayonini kuzatish va tahlil qilish, bolalarning rivojlanish xaritalarini yuritish va hisobotlarni tayyorlash kabi ko`nikmalarni shakllantirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.

Mazkur trenerlar malakali pedagoglar tomonidan berilgan turli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi va o‘z hududlariga borib  bu bilimlarni oilaviy nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari bilan bo‘lishishadi.

Ma’lumot uchun, bugun mamlakatimizda 10 244 ta oilaviy nodavlat hamda 1 025 ta davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini olib boradi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//