Madaniyat
O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Madaniyat vazirligi tashabbusi asosida, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Madaniyat vazirligining ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o’tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, 2022-yildan buyon YUNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga bu yildan boshlab TURKSOY xalqaro tashkiloti ham hamshafelik qilishni boshlagan.

Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan III “Lazgi” Xalqaro raqs festivalida dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan (Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Serbiya, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari oflaynhamda AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Rossiya, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston va Italiya davlatlaridan onlayn tartibda) 300 dan ziyod professional raqs jamoalari, raqs san’ati ustalari, musiqashunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda.

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun 7 nafardan iborat xalqaro hayʼat tuzilgan. G’oliblar diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Gran-Pri g’olibi 7 000 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.


Shuningdek, festival doirasida O‘zbekiston va Turkiya madaniy qo‘shma komissiyasining III yig‘ilishi, TURKSOYga a’zo davlatlarning san’at va raqsi oliy o‘quv yurtlari rektorlarining III yig‘ilishi, “Turk dunyosining an’anaviy raqsi antologiyasi”mavzusida konferensiya, “Etnomadaniy forum”larning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112195
Jamiyat
94876
Jamiyat
90957
Jamiyat
75739
Jamiyat
//
Izoh yo‘q