Jamiyat
Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Dauletiyar Xudaybergenov 1990-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavriat, 2015-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2024-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetini qayta tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan. 2025-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2014-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan.
Shu kungacha u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Dusmuhamedov Alisher Ismatillaevich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Alisher Dusmuhamedov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini, 2021-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan.
U 2023-yil 29-martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112195
Jamiyat
94876
Jamiyat
90957
Jamiyat
75739
Jamiyat
//
Izoh yo‘q