Jamiyat
Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining yakuniy natijalari e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, unda O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi bor o‘tkazilgan mazkur olimpiadada dunyoning 12 mamlakatidan 100 nafarga yaqin o‘quvchilar qatnashdi.
Ma’lumot uchun, mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga quyidagicha pul mukofotlari beriladi:
▪️ oltin medal sohibiga — 4,944 mln so‘m, o‘qituvchisiga — 20,6 mln so‘m;
▪️ kumush medal sohibiga — 3,296 mln so‘m, o‘qituvchisiga — 14,42 mln so‘m;
▪️ bronza medal sohibiga — 2,472 mln so‘m, o‘qituvchisiga — 12,36 mln so‘m.
Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q