Jamiyat
Oʻzbekistonda aprel oyining 22 kunida 22,6 ming nafar haydovchi kameralar orqali jarima ballari oldi.
2026-yil 1-apreldan boshlab avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan baʼzi qoidabuzarliklar, yaʼni svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga boʻysunmaslik, yoʻlning qarama-qarshi boʻlagida harakatlanish, toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzish, shuningdek, tezlik qoidalarini buzish singari qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballarini hisoblash tartibi joriy etildi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʻlumotlariga koʻra, 22-aprel holatiga koʻra, respublika boʻyicha jami 22 638 nafar haydovchi 5 balldan jarima toʻplagan.
YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshevning bildirishicha, 22 kun davomida baʼzi haydovchilar 10 ballgacha yigʻib olgan holatlar ham mavjud. Jarima ballari 12 ga yetganda haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish koʻzda tutilgan.
“Bilasiz, jarima bali olingandan soʻng uni boshqa haydovchiga qaratish, koʻchirish yoki boshqa uslublarda oʻchirishning umuman imkoni mavjud emas. Yagona tartib va qoida esa yoʻl harakat qoidalariga rioya qilishdir”, degan Zoir Yoʻldoshev.
Oʻzbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidabuzar haydovchi toʻlaydi. 2026-yil 1-apreldan tegishli transportni fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish imkoniyati yaratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112178
Jamiyat
94862
Jamiyat
90937
Jamiyat
75718
Jamiyat
//
Izoh yo‘q