Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga amaliy tashrifi dasturi doirasida 22-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Ostona shahridagi Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasidagi milliy pavilyonlarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sammit diqqat markazida ekologik siyosatga kompleks yondashuvni aks ettiruvchi sakkizta ustuvor yo‘nalish turibdi: iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekotizimlar barqarorligini ta’minlash, tabiiy xavf-xatarlarga moslashish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish, havo ifloslanishini kamaytirish va chiqindilarni samarali boshqarish, ekologik maqsadlarga erishish mexanizmlarini rivojlantirish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, adolatli va inklyuziv “yashil” o‘tish, ekologik hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish.
.png)
Sammit kun tartibi barqaror rivojlanishning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ham qamrab olgan. Tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlarning milliy pavilyonlarida ularning ushbu yo‘nalishlardagi yutuqlari va kelgusi rejalari namoyish etilmoqda.
Interfaollik va multimedia elementlariga ega ko‘rgazma-taqdimot maydoni shaklida barpo etilgan O‘zbekiston pavilyoni mamlakatimizning ekologiya, iqlim o‘zgarishi va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi sohalaridagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirishi ta’kidlandi.
.png)
Shuningdek, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
.png)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q