“Loy, paxsali maktab qolmadi, ulardan voz kechganmiz” – MMTV oʻrinbosari

Saqlash
17:37 / 21.04.2026 33 0

Respublikada loy, paxsali maktablar qolmagan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov “Maktabgacha va maktab taʼlimi: natijalar va rejalar” mavzusidagi matbuot anjumanida jurnalistlarga javoban aytib oʻtdi.

 

Anjumanda jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda koʻzga tashlanadigan taʼmir talab maktablar soni boʻyicha savol berdi.

 

“Uzoq yildan buyon kapital taʼmirga muhtoj boʻlgan 669 ming quvvatdagi 934 ta maktab bor. Biroq loy-paxsali maktablar qolmadi, ulardan voz kechganmiz”, deydi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov jurnalistga javoban.

 

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 2016-yildan buyon 304 ta yangi maktab, 625 ta yangi bogʻcha qurildi, 3 598 ta maktab, 2 522 ta bogʻcha rekonstruksiya qilindi, 1 955 ta maktab, 759 ta bogʻcha mukammal taʼmirdan chiqarilgan. 2017-yilda maktablar soni 9 680 ta, oʻquvchi oʻrni 4,8 mingta boʻlgan boʻlsa, 2026-yilda maktablar soni 10 193 ta, oʻquvchi oʻrni 5,5 mingtani tashkil etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//