Jamiyat
Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi palata qarori loyihasi koʻrib chiqildi. Masala yuzasidan viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov batafsil maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, taklif etilayotgan chegara oʻzgartirishlariga muvofiq, Jarqoʻrgʻon tumanidan 4 740 gektar yer maydonini Qiziriq tumani tarkibiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.
Bu tumanlarni iqtisodiy jihatdan boshqarish, 731 ta oilada istiqomat qiluvchi 4 ming 230 nafar aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga zamin yaratadi. Qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Majlisda chegaralarga oʻzgarishlar kiritish masalasi tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari, xalq deputatlari Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizigʻining tasnifi maʼqullangani qayd etildi.
Shundan soʻng “Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi palata qarori loyihasi ham koʻrib chiqildi.
Chegaralarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan Navoiy viloyati Tomdi tumanidan 2 ming 459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri tarkibiga oʻtkazilishi belgilanmoqda.
Zarafshon shahrida aholi zich joylashgan boʻlib, uning hududi kengaytirilishi shahar ijtimoiy infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Shahar hududida boʻsh yer maydonlari deyarli qolmagani, bu esa sanoat korxonalarini joylashtirishda noqulaylik keltirib chiqarishi aytib oʻtildi. Shahar hududining kengaytirilishi ham sanoat, ham ishlab chiqarish, ham aholi uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlandi.
Zarafshon shahrining istiqbolli rejasi ishlab chiqilib, uy-joylar, sanoat, ijtimoiy soha va xizmat koʻrsatish obyektlari quriladi. Jumladan, uzoq muddatli biznes-rejaga asosan hududda 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, 90 ta ijtimoiy soha obyekti, 500 dan ortiq savdo-maishiy va xizmat koʻrsatish nuqtalari barpo etish rejalashtirilgan.
Majlisda chegaralarga oʻzgarishlar kiritish masalasi tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari, shuningdek, xalq deputatlari Zarafshon shahri va Tomdi tumani Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizigʻining tasnifi maʼqullangani qayd etildi.
Majlisda har ikkala masala yuzasidan qaror loyihalari deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
112166
Jamiyat
94848
Jamiyat
90920
Jamiyat
75705
Jamiyat
//
Izoh yo‘q