Jamiyat
O‘zgidromet 25-aprelgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22- va 25-aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 25-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari — 21-22-aprelda +10– +15°, 23-aprelda +8– +13°, 24-25-aprelda +13– +18°; kunduzi — 21-aprelda +20– +25°, 22-aprelda +18– +23°, 23-aprelda +21– +26°, 24-25-aprelda +28– +33° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21–23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ertaga shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, 21-22- va 25-aprelda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, 25-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari — 21-22-aprel +15– +20°, 23-24-aprelda +12– +17°, 25-aprelda +14– +19°; kunduzi — 21-aprelda +27– +32°, 22-23-aprelda +22– +27°, 24-aprelda +27– +32°, 25-aprelda +30– +35° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21–23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 22-aprelda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechalari — 21–23-aprelda +13– +18°, 24-25-aprelda +11– +16°; kunduzi — 21-aprelda +24– +29°, 22-aprelda +22– +27°, 23-aprelda +18– +23°, 24-25-aprelda +24– +29° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21–23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, 22-aprelda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari — 21-22-aprelda +15– +20°, 23-aprelda +13– +18°, 24-aprelda +12– +17°; kunduzi — 21-aprelda +30– +35°, 22-23-aprelda +23– +28°, 24-aprelda +27– +32°, 25-aprelda +30– +35° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21–23-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechalari — ertaga +10– +15°, 22-aprelda +13– +18°, 23-24-aprelda +10– +15°, 25-aprelda +12– +17°; kunduzi — 21-aprelda +24– +29°, 22-aprelda +23– +28°, 23-aprelda +20– +25°, 24-25-aprelda +22– +27° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21–24-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 25-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 22-aprelda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechalari — 21-22-aprelda +5– +10°, 23-24-aprelda –1– +6°, 25-aprelda +3– +8°; kunduzi — 21-aprelda +15– +20°, 22-aprelda +13– +18°, 23-aprelda +10– +15°, 24-25-aprelda +15– +20° bo‘ladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q