“Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya!” – Prezident qurilish bilan bog‘liq arizalar qaytarilgani haqida

Saqlash
17:29 / 14.04.2026 42 0

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.

 

– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt! – dedi davlat rahbari.

 

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.

 

Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.

 

Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//