Jamiyat
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan, o‘zbek pazandachilik sanʼatining durdonasi hisoblangan “Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi — bu shunchaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam bo‘lgan murakkab jarayon bo‘lib, asosan tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.
Mazkur maqom “Toshkent to‘y oshi” nomi va anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.
“Toshkent to‘y oshi” — ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar va xalq ruhining yorqin ifodasi bo‘lib, bugun gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maʼlumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112137
Jamiyat
94823
Jamiyat
90878
Jamiyat
75668
Jamiyat
//
Izoh yo‘q