Endi sudga chaqiruv xabarnomalari YAIDX portalidan yuboriladi

Saqlash
15:24 / 14.04.2026 38 0

Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali foydalanuvchilari xabarnoma orqali sud majlisi toʻgʻrisida xabardor boʻlish hamda fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki sud maʼlumotlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy sud maʼlum qildi.

 

Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifaga koʻra, fuqarolarga sud ishlari boʻyicha tezkor maʼlumot yetkazish maqsadida Oliy sudning axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali bilan integratsiya qilindi.

 

Natijada jismoniy va yuridik shaxslarga oʻzlariga tegishli fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan sud majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va sud toʻgʻrisida oldindan xabardor boʻladi.

 

Ushbu xizmat joriy etilishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sudga kelib-ketish bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlari va vaqt sarfi qisqartiriladi, shuningdek sud majlisi ishtrokchilarining sud majlisi tayinlanganligi haqida bexabar qolish holatlariga barham beriladi.

 

Avvalroq Oʻzbekistonda “sudga chaqiruv” nomli APK fayl yuborish bilan firibgarlik qilish holatlari kuzatilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//