Jamiyat
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga 2027-yil 1-oktyabrgacha sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladi. Bu haqda Prezident farmonida keltirilgan.
Endi O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish va sun’iy shamol texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilish choralari ko‘riladi. Buning uchun ijobiy sinovdan o‘tgan xorijiy tajriba o‘rganib chiqiladi. Farmonga muvofiq, Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligiga topshiriq berildi.
Unga ko‘ra, 2027-yil 1-oktyabrga qadar poytaxtning atmosfera havosini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladi.
Buning uchun mablag‘ Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112074
Jamiyat
94758
Jamiyat
90788
Jamiyat
75587
Jamiyat
//
Izoh yo‘q