Jamiyat
Tashrif buyuruvchilar xavfsizliginita'minlash maqsadida Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyatiga tayanib O'zR Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilib, turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq noxush holatlar tez-tez kuzatilgan.
Shu tufayli, tashrif buyuruvchilarning ko‘plab so‘rovlari va Ilmiy kengash qaroriga asosan 2026-yil 1-apreldan boshlab Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi.
Axborot matnida qayd etilishicha, ushbu chora barcha uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112273
Jamiyat
94952
Jamiyat
91065
Jamiyat
75832
Jamiyat
//
Izoh yo‘q