Jamiyat
Kecha, 30-mart kuni soat 17:50 da 12-avtobus saroyi filiali tasarrufida bo‘lgan, 104-sonli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan 59 yoshli avtobus haydovchisi (umumiy mehnat faoliyati 15 yil, korxonada 3 yil) avtobusni Sergeli tumani “Yangi Sergeli” ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayogan vaqtida, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan, ona va bolaning hayotiga xavf tug‘dirib harakatlanishi oqibatida piyodaning qo‘lidagi telefon va boshqa buyumlari tushib ketadi.
Ushbu qo‘pol qoidabuzarlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, tarmoq foydalanuvchilarining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.
“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, sodir etilgan holat “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi, “12-Avtobus saroyi” rahbariyati va mas'ullari hamda IIBB YHXB xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi. Kelgusida shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni barvaqt oldini olish va bunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida, haydovchi A.S bilan korxona o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112068
Jamiyat
94754
Jamiyat
90780
Jamiyat
75582
Jamiyat
//
Izoh yo‘q