1-aprel kuni havo harorati 30 darajagacha iliq boʻlishi kutilmoqda

Saqlash
11:31 / 31.03.2026 27 0

Gidrometeorologiya xizmati agentligi 1-aprel kuni kutilayotgan ob-havo prognozi bilan boʻlishdi.

 

Toshkent shahri

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17° iliq, kunduzi 27-29° iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyati

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʻzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Farʻona viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

 

Agentlik shuningdek, bugun, 31-mart va 2-6-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//