Jamiyat
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, kino va seriallardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Shunday holatlardan biri — “97-modda” seriali bilan bog‘liq.
Kelib tushgan murojaatga binoan olib borilgan o‘rganish davomida “Twenty one entertainment” MCHJ (SalomTV)ga tegishli bo‘lgan mazkur serial “Shunchaki kino” Telegram kanali tomonidan ruxsatsiz tarqatilgani ma’lum bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, audiovizual asardan kanal ma’muri Sh. Shukurov muallif ruxsatisiz foydalangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112160
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75698
Jamiyat
//
Izoh yo‘q