O‘zbekistonda “Yashil chipta” tizimi joriy etiladi

Saqlash
16:52 / 30.03.2026 26 0

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 3 oy muddatda “Yashil chipta” tizimi joriy qilinadi.

 

Bunda samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini “yashil chipta” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkoni beriladi.

 

Shuningdek, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Karbon izi (ta’siri) Ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan qo‘llanmaga muvofiq avtomatik ravishda aniqlanadi.

 

“Yashil chipta” olish orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tushgan mablag‘lar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda faqat daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.

 

Ma’lumot uchun, karbon izi — bu, inson, tashkilot yoki faoliyat natijasida atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari (asosan karbonat angidrid —CO₂) miqdori. Karbon izi “Carbon footprint” orqali o‘lchanadi va odatda kilogramm yoki tonna karbonat angidrid bilan hisoblanadi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//