Jamiyat
O‘zbekistonda Islomiy bank faoliyatini tartibga soladigan qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markaziy bank litsenziyasi talab etiladi. Mazkur litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi.
Ushbu qonun 28-iyundan kuchga kiradi.
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi(O‘BA) bergan ma’lumotga ko‘ra, qonun Markaziy bank tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribaga asoslangan.
Yangi qonunga muvofiq:
▪️ Islomiy banking faoliyati, islomiy moliyaviy operatsiyalar, standartlar va investitsiyaviy omonat tushunchalari qonunchilikka kiritildi;
▪️ Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etildi;
▪️ Islomiy banklar savdo faoliyati bilan shug‘ullanishi, yuridik shaxslar tashkil etishi va ularda ulush yoki aksiyalarga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga binoan, banklar quyidagi 6 turdagi islomiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
Muzoraba — foydani taqsimlash asosida moliyalashtirish;
Vakala — agentlik shartnomasi orqali mablag‘ jalb qilish yoki joylashtirish;
Murabaxa — tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali moliyalashtirish;
Salam — oldindan to‘lov asosida moliyalashtirish;
Mushoraka — sheriklik yoki ustav kapitalida ishtirok etish orqali moliyalashtirish;
Ijara — islomiy ijara (lizing) va keyinchalik sotib olish huquqi bilan.
Bundan tashqari,
➖ Islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Markaziy bank va tijorat banklari huzurida maxsus kengashlar tashkil etilishi;
➖ Islomiy moliyaviy operatsiyalar uchun alohida soliq tartibi belgilanishi kabi qo‘shimcha tartiblar ko‘rsatib o‘tilgan.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2030-yilgacha O‘zbekistonda 10 taga yaqin islomiy bank ochilishi kutilmoqda. Shundan kamida 3 ta davlat banki “islomiy oyna” (islomiy moliya bo‘limi)ni ishga tushiradi.
2026–2030-yillarda taxminan 1 milliard AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha investitsiya va depozitlar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Xabarda yozilishicha, hozirda 10 dan ortiq bank islomiy moliya xizmatlarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112063
Jamiyat
94749
Jamiyat
90772
Jamiyat
75574
Jamiyat
//
Izoh yo‘q