Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
11:24 / 30.03.2026 38 0

O‘zgidromet 3-aprelgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida va kunning ikkinchi yarmida markaziy va janubiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +20– +25 daraja iliq bo‘ladi.

 

31-mart va 1-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati +27– +30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

 

2-aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, cho‘l zonasida va janubiy viloyatlarda, 3-aprelda esa respublikaning ko‘plab viloyatlarining ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat +24– +27 darajagacha, janubda +20– +22 darajagacha pasayadi.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda 14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat +22– +24 daraja iliq bo‘ladi.

 

31-mart va 1-2-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27– +29 daraja iliq bo‘ladi.

 

3-aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat +24– +27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//