Jamiyat
O‘zbekistonda mehnat faoliyati yoki pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar uchun asosiy ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar ajratiladi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan bo‘lib, bunda — PhD dissertatsiyasi yoki darslik/o‘quv qo‘llanma mualliflariga 3 oygacha, DSc dissertatsiyasi ustida ish olib borayotganlarga 6 oygacha ijodiy ta’til beriladi.
Hujjatga ko‘ra, mualliflar jamoasi a’zolaridan biri yozma ariza asosida ta’til olishi, shuningdek, ta’til jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shu bilan birga, darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q