Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi

Saqlash
09:17 / 30.03.2026 33 0

Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga qaratilgan “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.

 

Loyiha doirasida 2026-yil 1-iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027-yil 1-martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

 

Bunda:
▪️ o‘quv kurslari 8–12 oylik intensiv o‘quv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;

 

▪️ o‘quv kurslariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jazoni o‘tayotgan yoshlar jalb qilinadi;

 

▪️ o‘quv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) o‘rganish bo‘yicha yagona intensiv dasturlar asosida ham o‘qitiladi;

 

▪️ o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazoni o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//