Iqtisod
Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qonun (OʻRQ–1126-son, 27.03.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablagʻlarini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;
- vakillik shartnomasi orqali pul mablagʻlarini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;
- tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish;
- tovarlar uchun oldindan haq toʻlash orqali mijozni moliyalashtirish;
- birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish;
- mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan).
Oʻzbekistonda bank faoliyatini amalga oshirishga ushbu Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan va Markaziy bank tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar haqlidir.
Mazkur litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112295
Jamiyat
94972
Jamiyat
91092
Jamiyat
75856
Jamiyat
//
Izoh yo‘q