Siyosat
27-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Lesoto Qirolligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 166-mamlakat bo‘ldi. Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena imzoladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini izlab topish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qitʼasi mamlakatlari bilan har tomonlama hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q