Jamiyat
Qonun (OʻRQ–1125-son, 26.03.2026-y.) bilan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston hududida saqlanishi shart:
- shaxslarning biometrik maʼlumotlari;
- shaxslarning genetik maʼlumotlari;
- Oʻzbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
Yuqorida koʻrsatilmagan shaxsga doir maʼlumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, Oʻzbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:
- chet davlatni shaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi davlat sifatida tan olish;
- operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;
- roʻyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
112050
Jamiyat
94740
Jamiyat
90757
Jamiyat
75563
Jamiyat
//
Izoh yo‘q