“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi tashkil etiladi

Saqlash
14:13 / 20.01.2022 2713 2

“Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (30-son, 18.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yildan boshlab har yili “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovning:

1-bosqichi fevral–mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkazilib, unda eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzod keyingi bosqichga o‘tadi;

2-bosqichi aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, ularning har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar yosh navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi;

3-bosqichi may oyida bo‘lib o‘tadi hamda 100 nafar yosh tanlov g‘olibi deb topiladi.

1-, 2- va 3-bosqichlar g‘oliblari tegishli BHMning 5, 10 va 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi.

Shuningdek, qaror bilan “Iste’dodli yoshlar axborotnomasi” ilmiy-amaliy elektron jurnali hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” elektron portali tashkil etiladi.

Bunda elektron portalda iste’dodli yoshlarning elektron bazasi shakllantiriladi, o‘quv kurslari bitiruvchilarining reytingi joriy etilib, innovasion g‘oyalari va ilmiy-texnik ishlanmalari baholab boriladi.

2 Izohlar

Mavlyuda

12:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovi maktab o'quvchilarga judayam katta motivatsiya berdi.Mening o'quvchim 2023 yilgi Respublika tanlovida qatnashib 20 barovar pul yutuqini qo'lga kiritdi bundan Juda hursandman.

Mingtòrayev Nasimjon Ilhomjon òģli

12:01 / 01.01.1970

Mirzo Uluģbek vorislari tanlovini utkazish fikrini ma'qullayman.Juda yaxshi fikr deb hisoblayman

Izoh qoldirish

//