Jamiyat
O‘zbekistonda oila munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Endilikda alimentning eng kam miqdorini oshishi va ajrashishda yarashish muddati 1 yilgacha uzayishi mumkin.
Qonun loyihasiga ko‘ra, har bir bola uchun undiriladigan alimentning eng kam miqdorini oshirish rejalashtirilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, bu miqdor mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi belgilangan bo‘lib, hozirda 336 815 so‘mni tashkil etadi.
Yangi tahrirga muvofiq, ushbu ko‘rsatkich minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga bog‘lanadi. Bugungi kunda bu summa 715 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa aliment to‘lovlarining sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, qonun loyihasida nikohdan ajratish jarayoniga ham o‘zgartish kiritilmoqda. Jumladan, sud tomonidan er-xotinga beriladigan yarashish muddatini amaldagi olti oydan bir yilgacha uzaytirish taklif etilgan.
Shu bilan birga, sud yarashish uchun muddat belgilagan holatlarda bu haqdagi ma’lumotni uch kun ichida “elektron hukumat” tizimi orqali yuborishi shart qilib belgilanmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q