Jamiyat
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab san’atkorlar va boshlovchilar ko‘rsatadigan barcha xizmatlarni “Soliq” ilovasida ro‘yxatga olinishi kutilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasida keltirilgan.
Qaror loyihasiga ko‘ra, ijrochilar 2026-yil 1-sentyabrdan 2029-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashni “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida ilovaga muvofiq qat’iy miqdorlarda amalga oshiradi. Bundan mehnat shartnomasi asosida mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ijodiy faoliyat olib borayotgan ijrochilar mustasno.
2029-yil 1-yanvardan boshlab ijrochilarning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi shartnoma qiymatidan kelib chiqqan holda, biroq qat’iy miqdorlardan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Xizmat deganda restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYdagi marosim, osh berish, kechqurungi nikoh tuzish — nikoh to‘yi, kelinsalom), sunnat to‘yi marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, dijey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar) tushuniladi.
Qayd etilishicha, to‘lov miqdori ijrochining reytingi va xizmat ko‘rsatish hududiga (Toshkent shahri, viloyat markazlari yoki qishloq joylari) qarab belgilanadi. Masalan, I reyting guruhidagi ijrochi Toshkent shahridagi bir xizmati uchun BHMning 3 baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.
Ushbu to‘lovlar ijrochi tomonidan ko‘rsatiladigan har bir xizmat uchun undiriladi hamda uning miqdori tegishli ma’lumotlar mobil ilovada ro‘yxatga olingan kunda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu to‘lovlar bepul asosda xizmat ko‘rsatilgan taqdirda ham undiriladi. Madaniyat vazirligi tomonidan davlat tadbirlariga bepul jalb qilingan hollar bundan mustasno.
Shuningdek, ijrochilar tomonidan xizmat ko‘rsatish joyi, sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mobil ilovada aks ettirish tartibida amalga oshiriladi. Mobil ilovada ijrochilar tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilgandan va belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi.
Konsert-tomosha xizmatlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar soliq organlarining mobil ilovasiga kiritilmasa, ijrochilarga va ijodiy guruhlarga nisbatan shartnomalarning o‘rtacha qiymatining 20 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan (8 mln 420 ming so‘mdan) kam bo‘lmagan summada jarima qo‘llaniladi.
Ushbu huquqbuzarlik haqida xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan undirilgan jarima summasi hisobidan qo‘llanilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112047
Jamiyat
94736
Jamiyat
90752
Jamiyat
75557
Jamiyat
//
Izoh yo‘q