Siyosat
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi.
Jarayonda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda Jarqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.
Viloyat rahbari tomonidan tuman hokimi lavozimiga Ilhom Ochilovich Saparov nomzodi taklif etildi. Ushbu nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullanib, u Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Ilhom Saparov 1975-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. U 2002-yilda Termiz davlat universitetining bakalavriat, 2011-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida u Surxondaryo viloyatidagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Xalq ta’limi hamda Madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112047
Jamiyat
94736
Jamiyat
90752
Jamiyat
75557
Jamiyat
//
Izoh yo‘q